w w w . s a m a r k a n d . u z

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Samarqandda ta'lim sohasida yirik loyihani amalga oshiradi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Samarqandda ta'lim sohasida yirik loyihani amalga oshiradi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vakillari bilan uchrashdi.

Muloqotda bankning O‘zbekiston hududida zamonaviy umumta'lim maktablarini barpo etish loyihasi haqida so‘z yuritildi.
Respublika miqyosida bank tomonidan umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil etadigan loyiha amalga oshiriladi.
Dastlabki bosqichda loyiha uchun 200 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda qatnov koeffisiyenti yuqori bo‘lgan maktablar tanlab olinib, rekonstruksiya qilinadi. Loyiha doirasida 2025-2030-yillarda taxminan 94 mingta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari keyingi yillarda Samarqandda aholini uy-joy bilan ta'minlash maqsadida ko‘p qavatli uylar barpo etilayotgani va ushbu hududlarda bank tomonidan yangi maktablar qurish ishlarini moliyalashtirish tizimini ishga tushirish mumkinligi bo‘yicha taklifini berdi. Bank vakillari loyiha ofisi tashkil etilishi va viloyat rahbari bildirgan tashabbuslarni hisobga olgan holda ish olib borilishini maʼlum qildi.
Dastlabki bosqichda Samarqand viloyatida 2 ta maktab tanlab olingan bo‘lib, loyiha to‘liq shakllantirilgach bank vakillari tomonidan rekonstruksiya qilinadigan va yangi quriladigan maktablar bo‘yicha o‘rganishlar olib boriladigan bo‘ldi.
Viloyat rahbari Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan hamkorlikka tayyor ekanligi xususida to‘xtalib, ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida doimiy ish olib borilishini taʼkidladi.

Kiritilgan vaqti: 17/09/2025 14:47.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/osiyo-infratuzilma-investitsiyalari-banki-samarqandda-talim-sohasida-yirik-loyihani-amalga-oshiradi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing