w w w . s a m a r k a n d . u z

“Osaka EXPO-2025” butunjahon ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilonida Samarqand viloyati madaniyati va sanʼati namoyish etilmoqda

“Osaka EXPO-2025” butunjahon ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilonida Samarqand viloyati madaniyati va sanʼati namoyish etilmoqda

Ko‘rgazmada O‘zbekiston madaniy merosi, shuningdek, Samarqandning madaniyat, turizm sohalaridagi imkoniyatlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston pavilonida samarqandlik xonanda va sozandalarning milliy kuy-qo‘shiqlardan iborat konsert tomoshalari tashkil qilindi. Ayniqsa, milliy liboslarda sahnaga chiqqan sanʼatkorlarimiz xalq ohangida kuylanadigan mumtoz qo‘shiqlarni maromiga yetkazib ijro etishdi.
Mazkur madaniy tadbirlar doirasida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaning Nara prefekturasi gubernatori o‘rinbosari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Nara va Samarqand madaniy hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi.

Kiritilgan vaqti: 24/07/2025 22:08.   Ko‘rilganligi: 50
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/osaka-expo-2025-butunjahon-korgazmasidagi-ozbekiston-pavilonida-samarqand-viloyati-madaniyati-va-sanati-namoyish-etilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing