w w w . s a m a r k a n d . u z

O’quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi

O’quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi

Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o’qitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Buning uchun talabgor kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar my.gov.uz dagi “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanadi.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

– bino va o’quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o’qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;

– zarur darsliklar, o’quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to’lashga.

Xizmatdan foydalanishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

– 2 yilga mo’ljallangan biznes reja;

– mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to’g’risida tuzilgan xo’jalik shartnomalari;

– pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;

– pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;

– ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o’quv xonalarining ijara shartnomasi (ko’chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.


Kiritilgan vaqti: 09/01/2023 08:58.   Ko‘rilganligi: 431
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/oquv-markazi-ochish-uchun-subsidiya-ajratish-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.