


Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, Oqdaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlashda foydalanilmay kelinayotgan imkoniyatlar, masʼul rahbarlarning hamjihatlikda ishni tashkil qilmaganligi xususida to‘xtaldi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sherzod Qudratov o'z arizasiga ko'ra, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Mahmudov Temur Asomidinovichni Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan ma’qullandi.
T. Mahmudov tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.