w w w . s a m a r k a n d . u z

Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. 

Unda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, Oqdaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash,  bandligini taʼminlashda foydalanilmay kelinayotgan imkoniyatlar, masʼul rahbarlarning hamjihatlikda ishni tashkil qilmaganligi xususida to‘xtaldi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.  Sherzod Qudratov o'z arizasiga ko'ra, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Mahmudov Temur Asomidinovichni Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan ma’qullandi.

T. Mahmudov  tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Kiritilgan vaqti: 03/02/2026 11:56.   Ko‘rilganligi: 307
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/oqdaryo-tumaniga-yangi-hokim-tayinlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing