w w w . s a m a r k a n d . u z
Samarqand viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qildi.
Viloyat hokimligi xodimlarining malaka talablari qo‘llaniladi:
- ma’lumoti: oliy ma’lumot bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lishi (xorijiy davlatlarda ta’lim olganlarga ustuvorlik beriladi);
- mutaxassisligi: iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
- til bilish darajasi: davlat tilidan tashqari ingliz va rus tillari yoki xitoy va rus tillarida erkin suhbatlasha olishi, istisno holatlarda faqat rus tilini bilishi (boshqa xorijiy tillarni mukammal biladiganlarga ham ustuvorlik beriladi);
- ish staji: sohasi bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi, istisno tariqasida ish stajiga ega bo‘lmasa-da, lekin xorijiy tillarni mukammal bilishi;
- qo‘shimcha talablari: kompyuter texnologiyalari hamda internet tarmoqlaridan erkin foydalana olishi, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan aloqalar o‘rnatish, shartnomalar tuzish, muzokaralar olib borish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha imtiyozlar: tanlovdan o‘tgan iqtidorli va harakatchan xodimlarga xizmat uyi beriladi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlagan tashabbuskor va iqtidorli nomzodlar 2024 yilning 3 apreliga qadar Samarqand viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi (Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni , 1-uy) ga murojaat qilishlari mumkin.
Nomzodlar bilan suhbatni viloyat hokimining o‘rinbosari o‘tkazadi.
Murojaat uchun telefonlar: