


Samarqand tumanining so‘lim go‘shasida joylashgan adirlar xalqimizning ko‘p asrlik boy tarixini o‘zida mujassam etgan etno-festivalga mezbonlik qildi.
Musaffo havo va yashil tabiat qo‘ynida kechgan madaniy tadbirda o‘tmishning va bugunning shukuhi uyg‘unlashib, ajdodlar ruhi qayta tirilgandek bo‘ldi.
Davrada ot sporti o‘yinlari chavandozlarning mardligini ko‘rsatgan bo‘lsa, paraplanlarning parvozi tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishladi. Kamondan o‘q otish musobaqalari chinakam mahorat sinoviga aylandi. Maydon markazida polvonlar kuch sinashdi. Milliy an’analarimizni aks ettirgan tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi xalq o‘yinlari yoshu qariga birdek quvonch ulashdi.

Dorbozlarning dor ustidagi xavfli va hayratlanarli chiqishlari yig‘ilganlarni hayajonga soldi, xushovoz san’atkorlar, folklor dastalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida g‘olib sportchilar taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.