w w w . s a m a r k a n d . u z

Ohalik tog‘lari bag‘rida etno-festival tashkil etildi

Ohalik tog‘lari bag‘rida etno-festival tashkil etildi

Samarqand tumanining so‘lim go‘shasida joylashgan adirlar xalqimizning ko‘p asrlik boy tarixini o‘zida mujassam etgan etno-festivalga mezbonlik qildi. 

Musaffo havo va yashil tabiat qo‘ynida kechgan madaniy tadbirda o‘tmishning va bugunning shukuhi uyg‘unlashib, ajdodlar ruhi qayta tirilgandek bo‘ldi.

Davrada ot sporti o‘yinlari chavandozlarning mardligini ko‘rsatgan bo‘lsa, paraplanlarning parvozi tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishladi. Kamondan o‘q otish musobaqalari chinakam mahorat sinoviga aylandi. Maydon markazida polvonlar kuch sinashdi. Milliy an’analarimizni aks ettirgan tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi xalq o‘yinlari yoshu qariga birdek quvonch ulashdi.

Dorbozlarning dor ustidagi xavfli va hayratlanarli chiqishlari yig‘ilganlarni hayajonga soldi, xushovoz san’atkorlar, folklor dastalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida g‘olib sportchilar taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 30/04/2026 21:20.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ohalik-toglari-bagrida-etno-festival-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing