w w w . s a m a r k a n d . u z

Nyu-York meri Erik Adams Samarqandga keldi

Nyu-York meri Erik Adams Samarqandga keldi

Nyu-York shahri meri Erik Adams O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida bugun Samarqandga ham keldi. Mehmonni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Samiyev kutib oldi.

Kun davomida Nyu-York shahri meri Registon maydoni, Shohizinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi kabi qator diqqatga sazovor joylar, tarixiy obidalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, turizm sohasida tajriba almashish, shuningdek, shahar boshqaruvida innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 22/11/2025 12:31.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/nyu-york-meri-erik-adams-samarqandga-keldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing