


Nurobod tumani Tepaqul mahallasida "NANJING CEMENT GROUP" MCHJning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilsri, investorlar, hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qiymati 63,5 million AQSH dollari bo‘lgan loyiha doirasida barpo etilgan zamonaviy korxona yiliga 1 million tonna 400 va 500 markali sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zavod ishga tushishi natijasida 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Marosimda mamlakatda investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar ana shunday yirik loyihalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Shundan so‘ng marosim qatnashchilari korxonadagi zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari va yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.