Yaqinda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Nurobod tumanidagi “Ittifoq”, “Chorvador”, “Olg‘a”, “O‘rtabo‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tinglagan edi.
Uchrashuvda viloyat hokimi tumandagi “Nurobod-O‘rtabo‘z-Mehr-Olg‘a” va «Toshquduq-Olg‘a-Hazarmali» avtomobil yo‘llarining 34 kilometrdan iborat ta’mirtalab qismini asfalt qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergan edi.
O‘tgan qisqa vaqt ichida “Chorvador” MFYdan Nurobod tumani markazigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lini asfalt qilish ishlari to‘liq bajarildi. Bu loyiha amalga oshirilishi natijada tumanning to‘rtta mahallasida istiqomat qilayotgan 16 mingdan ortiq aholining og‘iri yengil, uzog‘i yaqin bo‘ldi. Bugun ularning quvonchi cheksiz.
— Zamonaviy sharoitlarga ega mahallada yashash ko‘p yillik orzumiz edi,—deydi “Olg‘a” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli Ibrohim Ro‘ziqulov. – Endilikda bizning mahallamizda ham barcha qulayliklarga ega infratuzilma yaratilmoqda. Murojaatimiz asosida yo‘llarimiz ta’mirlab berilganidan mamnunmiz.
Shuningdek, Qurbon hayiti arafasida tuman markazida joylashgan “Hazrati Ali” masjidining oldi va masjidga olib boruvchi yo‘llar ham asfalt qilindi.
Abdulaziz YO‘LDOSHEV, “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.