w w w . s a m a r k a n d . u z

Nurobod tumanidagi to‘rtta mahalla yo‘llari ta’mirlandi

Nurobod tumanidagi to‘rtta mahalla yo‘llari ta’mirlandi

Yaqinda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Nurobod tumanidagi “Ittifoq”, “Chorvador”, “Olg‘a”, “O‘rtabo‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tinglagan edi.

Uchrashuvda viloyat hokimi tumandagi “Nurobod-O‘rtabo‘z-Mehr-Olg‘a” va «Toshquduq-Olg‘a-Hazarmali» avtomobil yo‘llarining 34 kilometrdan iborat ta’mirtalab qismini asfalt qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergan edi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida “Chorvador” MFYdan Nurobod tumani markazigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lini asfalt qilish ishlari to‘liq bajarildi. Bu loyiha amalga oshirilishi natijada tumanning to‘rtta mahallasida istiqomat qilayotgan 16 mingdan ortiq aholining og‘iri yengil, uzog‘i yaqin bo‘ldi. Bugun ularning quvonchi cheksiz.

— Zamonaviy sharoitlarga ega mahallada yashash ko‘p yillik orzumiz edi,—deydi “Olg‘a” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli Ibrohim Ro‘ziqulov. – Endilikda bizning mahallamizda ham barcha qulayliklarga ega infratuzilma yaratilmoqda. Murojaatimiz asosida yo‘llarimiz ta’mirlab berilganidan mamnunmiz.  

Shuningdek, Qurbon hayiti arafasida tuman markazida joylashgan “Hazrati Ali” masjidining oldi va masjidga olib boruvchi yo‘llar ham asfalt qilindi.

Abdulaziz YO‘LDOSHEVXalq so‘zi”.


Kiritilgan vaqti: 05/07/2023 18:57.   Ko‘rilganligi: 422
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/nurobod-tumanidagi-tortta-mahalla-yollari-tamirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.