w w w . s a m a r k a n d . u z

Nara shahrida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Nara shahrida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Mazkur biznes-forumda samarqandlik tadbirkorlar va Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Uning ochilishida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va Nara prefekturasi gubernatori Makoto Yamashita
so‘zga chiqib, ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni rivojlantirish borasidagi masalalar, investisiyaviy imkoniyatlar haqida gapirishdi.
Tadbir ishtirokchilari Samarqandga investisiya kiritish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikda amalga oshirilishi taklif etilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, kelgusida birgalikda ishlash yuzasidan yaqindan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Unda bir qator qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Mazkur biznes-forum Samarqand va Nara ishbilarmon doiralarining keng ko‘lamli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatishi uchun samarali muloqot maydoniga aylandi. Yangi investitsiya tashabbuslari va savdo bitimlarini amalga oshirish maqsadida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun tegishli vazifalar belgilandi.
Forum yakunida tadbirkorlar va tegishli sohalar vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib, qator kelishuvlarga erishildi.

Kiritilgan vaqti: 25/07/2025 22:24.   Ko‘rilganligi: 40
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/nara-shahrida-samarqand-viloyatining-iqtisodiy-salohiyatini-targib-etishga-bagishlangan-biznes-forum-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing