w w w . s a m a r k a n d . u z

Malayziya va indoneziyalik sayyohlarni “Umra plyus” dasturi asosida Samarqandga jalb qilish masalalari muhokama qilindi

Malayziya va indoneziyalik sayyohlarni “Umra plyus” dasturi asosida Samarqandga jalb qilish masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimligida Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” dasturi va ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlarni jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan ushbu muhokamada Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, O‘zbekistoning Malayziya hamda Indoneziyadagi elchilari, turizm sohasidagi mustaqil konsultantlar, aeroport va aviakompaniyalar vakillari ham ishtirok etishdi.
Muloqotda qayd etilganidek, Malayziya va Indoneziyada 7 million nafarga yaqin Naqshbandiya tariqati izdoshlari bor. Ular Umra ziyoratiga borishdan oldin O‘zbekistondagi qadamjolarni, xususan Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishni istaydilar. Ularni Kuala-Lumpur yoki Jakartadan Samarqandga olib kelib, kamida 2 kun aylantirgach O‘zbekiston samolyotlarida Umraga uchib ketishlarini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sayyohlik kompaniyalarini jalb qilgan holda “Umra plyus” dasturi va turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirish borasida takliflar o‘rtaga tashlandi.
Muhokamada viloyat hokimi Adiz Boboyev Malayziya va Indoneziyadan ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish yuzasidan davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishda Malayziya va Indoniziyadagi elchilarimiz bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Kiritilgan vaqti: 15/12/2025 18:55.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/malayziya-va-indoneziyalik-sayyohlarni-umra-plyus-dasturi-asosida-samarqandga-jalb-qilish-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing