w w w . s a m a r k a n d . u z

Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi

Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ayni kunlarda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Viloyat rahbari Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri - Dato Sri Tiong King Sing bilan muzokaralar olib bordi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, turizm sohasida tajriba almashish, sayyohlar oqimini oshirish hamda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda turizm yo‘nalishida investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi. Bu ikki hudud o‘rtasida amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Uchrashuvda shu yilning may oyida Samarqandda "Malayziya madaniyat kunlari" hamda sentabr oyida Kuala-Lumpurda "O‘zbekiston madaniyat kunlari"ni o‘tkazishga kelishib olindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, turizm sohasida aniq loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilandi.

Oxirgi o‘zgarish: 03/04/2026 11:23.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/malayziya-turizm-sanat-va-madaniyat-vaziri-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing