w w w . s a m a r k a n d . u z

Malayziya bilan futbol sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Malayziya bilan futbol sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Malayziyaning “Kelantan The Real Warriors” futbol klubi Prezidenti Tan Sri Annuar Musa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda futbol sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, Malayziya hamda O‘zbekiston o‘rtasida sport orqali do‘stona aloqalarni rivojlantirish xususida so‘z yuritildi.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev so‘nggi yillarda mamlakatimizda futbol sohasida olib borilayotgan islohotlar natijalari, davlatimiz rahbarining futbolga bo‘lgan e’tibori hamda Respublikamizning barcha hududlarida xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.
“Kelantan The Real Warriors” futbol klubi Prezidenti Tan Sri Annuar Musa O‘zbekistonda futbol sohasida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholadi. Malayziya tomoni O‘zbekiston bilan futbol sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda “Kelantan The Real Warriors” futbol klubi Prezidenti Tan Sri Annuar Musa tomonidan yosh futbolchilar va murabbiylar tayyorlash, “Dinamo” hamda “Kelantan The Real Warriors” futbol klubi o‘rtasida qo‘shma o‘quv-yig‘inlari va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, futbolchilarni ijaraga berish yoki almashish imkoniyatlarini yaratish, sport infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion metodlarni joriy etishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida Tan Sri Annuar Musa tomonidan Adiz Boboyevga “Kelantan The Real Warriors” futbol klubining libosi topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 17/09/2025 22:39.   Ko‘rilganligi: 250
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/malayziya-bilan-futbol-sohasidagi-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing