w w w . s a m a r k a n d . u z

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qilish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar qizg’in davom etmoqda.

Bugun Respublika ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev viloyatimiz yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.


Muloqot davomida yoshlar tomonidan mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbus alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shu munosabat bilan ishchi guruh rahbari Maroqand mahallasi infratuzilmasini joyiga chiqqan holda o‘rganib, kutubxona tashkil etish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.


Kiritilgan vaqti: 20/07/2026 15:08.   Ko‘rilganligi: 68
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/mahallalarda-yoshlar-bilan-ishlash-tizimini-takomillashtirish-boyicha-organishlar-davom-etmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing