w w w . s a m a r k a n d . u z

Kattaqo‘rg‘on tumaniga olib boruvchi markaziy yo‘l yangilanmoqda

Kattaqo‘rg‘on tumaniga olib boruvchi markaziy yo‘l yangilanmoqda

Ayni paytda ushbu maqsadlar uchun 22 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 5,5 kilometr avtomobil yo‘lini asfaltlash, 5,5 kilometrlik salomatlik yo‘lagini barpo etish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomobil yo‘lidan Kattaqo‘rg‘on tuman darvozasi orqali markazga olib keluvchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash, shuningdek, yo‘l bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar belgilangan edi.
Ayni paytda ushbu maqsadlar uchun 22 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 5,5 kilometr avtomobil yo‘lini asfaltlash, 5,5 kilometrlik salomatlik yo‘lagini barpo etish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bilan bir qatorda, hududning tashqi qiyofasini yanada obodonlashtirish, aholi va mehmonlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari kengaytiriladi.
Bundan tashqari tumanda Payshanba va Kadanni bog‘lovchi yana bir yo‘l ravon bo‘lmoqda. Mazkur yo‘lda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan asfaltlash ishlari olib borilyapti.
Bu kabi ishlar aholiga qulaylik yaratish, yo‘llar sifatini yaxshilash va hududlar infratuzilmasini yanada obod qilishga xizmat qiladi.

Kiritilgan vaqti: 15/10/2026 19:38.   Ko‘rilganligi: 32
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/kattaqorgon-tumaniga-olib-boruvchi-markaziy-yol-yangilanmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing