w w w . s a m a r k a n d . u z

Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

Ayni paytda viloyat hokimining o‘rinbosari Husan Tuxtayev Kattaqo‘rg‘on shahri yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashilmoqda.
Muloqot jarayonida faol yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi loyihalar va tashabbuslar yuzasidan takliflarini bildirib, ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yig’ilganlar tomonidan bunday uchrashuvlar yoshlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududda yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Kiritilgan vaqti: 05/03/2026 21:16.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/kattaqorgon-shahrida-yoshlar-bilan-uchrashuv-otkazilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing