w w w . s a m a r k a n d . u z

Kasanachilikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi

Kasanachilikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qaroriga asosan mamlakatimizda hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan. 

Birgina 2023-yilning noyabr va dekabr oylarida viloyatimizda 39 ta tikuvchilik loyihasini amalga oshirish uchun jamg‘armadan 4 milliard so’mlik subsidiyalar ajratilib, buning natijasida 678 nafar fuqaro kasanachilik yo‘nalishida ish bilan ta’minlandi. Biroq, Toyloq tumanida atigi 17 million so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari sarflangan, 5-toifaga kiruvchi Qo’shrabot tumanida esa ushbu masalaga umuman e’tibor berilmay, bir so‘m ham ishlatilmagan. Bu haqda viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan muhokamada ma’lum qilindi.

Unda viloyat rahbari raisligida korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ullar ishtirok etishdi. Qayd etilganidek, joriy yilda 13 milliard so‘mlik subsidiyalar hisobidan kasanachilik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar esa 9,5 milliard so‘mlik 112 ta loyiha ishlab chiqilgan. Viloyatning yettita tumani tomonidan yetarlicha loyihalar ishlab chiqilmagan. Ushbu hudud rahbarlariga muhokama davomida e’tirozlar bildirildi.

Viloyat hokimi joriy yilda viloyatdagi oltita mahallada kasanachilik bo‘yicha namunali loyihalarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda har bir loyiha uchun 450-500 million so‘mgacha subsidiyalar ajratiladi, dedi Erkinjon Turdimov.

Muhokama yakunida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasiga hokimlar bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir loyiha taqdimotini o‘tkazish va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonda mahallalardagi ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish hamda ajratilayotgan subsidiya mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish va natijalari yuzasidan “hokimlik soati”da muhokama qilish uchun ma’lumot taqdim etib borish vazifalari yuklandi.


Kiritilgan vaqti: 22/02/2024 08:52.   Ko‘rilganligi: 201
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/kasanachilikni-qollab-quvvatlashga-qaratilgan-loyihalarni-amalga-oshirish-masalalari-muhokama-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.