w w w . s a m a r k a n d . u z

"Jasorat maktabi"da rahbar va yoshlar muloqoti o‘tkazildi

"Jasorat maktabi"da rahbar va yoshlar muloqoti o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Kichik serjantlarni tayyorlash markazida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inida ishtirok etayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu o‘quv yig‘ini Viloyat harbiy ma’muriy sektori hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda ishtirok etayotgan yoshlar 10 kun davomida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan harbiylar hayoti bilan tanishdilar.
“Rahbar va yoshlar” muloqotida viloyat rahbari Adiz Boboyev bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, yoshlarning ezgu intilishlari, maqsadlari bilan qiziqdi. Ularning o‘qishi, kasb tanlashi bilan bog‘liq jarayonlar, oilaviy sharoitidagi muammolarini tingladi.
Uchrashuvda viloyat rahbari yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yechimi yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Kiritilgan vaqti: 18/07/2025 20:00.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/jasorat-maktabida-rahbar-va-yoshlar-muloqoti-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing