Samarqand xalqaro turizm markazida o‘tayotgan “World Triathlon Cup Samarkand-2024” va “World Triathlon Para Cup Samarkand-2024” musobaqalarining asosiy bahslariga start berildi.
Mazkur bellashuvlar orqali bugun qaysi kuchli sportchilar “Parij-2024”ning qimmatli ballariga ega bo‘lishi aniqlanadi.
Xabar berganimizdek, kecha boshlangan triatlon sport bayramining ilk kunida umidli o‘smir-yoshlar o‘rtasidagi “CATA-WATA” (qizlar) va “CATA-WATA” (o‘g‘il bolalar) bahslari shiddati va zavqi bilan tomoshabinlarga ham, ishtirokchilarga ham musobaqa quvonchini hadya etdi.
Xo‘sh, bugun “Parij-2024”Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolari o‘ynaladigan musobaqalarda kimlar yetakchilik qiladi-yu kimlar katta mahorat darsidan saboq oladi?
Albatta, sport bellashuvlarida, ayniqsa, o‘zida velosiped poygasi, yugurish, suzish musobaqalarini jamlagan triatlonda dabdurustdan aynan kimlar yetakchilikka erishishini aytish mushkul.
Ammo musobaqada katta tajribaga ega bo‘lgan, “Rio-2016”, “Tokio-2020” Olimpiadalari, qolaversa, jahon chempionatlari havosidan bahra olgan germaniyalik, vengriyalik, yaponiyalik sportchilarning borligi Samarqand musobaqalari kuchli raqobat ostida kechishidan dalolat bermoqda.
Bu borada jahon triatlonida reyting ball bo‘yicha kuchlilar safida borayotgan Germaniya triatloni sardori Yonas Shomburg, to‘rt marta jahon kubogi g‘olibi Lasse Nygaard Priester, jahon tiratlonining bugungi yorqin vakillari Mark Devay va Gabor Faldum, sobiq jahon chempioni Konor Bentli, yaponiyalik Makoto Odakura va Aoba Yasumatsu singari sportchilar Samarqand bahslariga joziba tortiq etishi tayin.
Nima bo‘lganda ham boshlanayotgan eng hayajonli Samarqand musobaqalari “Parij-2024”Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishga yaqin sportchilar nomini belgilashda muhim omil bo‘lishi shaksiz.
Bugun o‘tadigan bahslarda jahon tiratlon federatsiyasi reytingidan joy olgan 54 nafar sportchi va yuz nafardan ortiq yetakchilikka da’vogar triatlonchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining ham umidli sportchilari borligi mamlakatimiz sport ishqibozlarida traitlon sport turiga qiziqish va e’tibor oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jahon kubogi bahslari yakunlangandan keyin 19 may kuni havaskorlar uchun “Age group” (Supersprint) va “Age group” (Standart) hamda erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.