w w w . s a m a r k a n d . u z

IT (AyTi) sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi

IT (AyTi) sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yil 20-dekabr kuni “Tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo’yicha ustuvor vazifalar”ga bag’ishlab videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan edi.

Ushbu yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini 2024-yilda ta’minlash bo’yicha har bir hudud uchun ishlab chiqilgan yo’l xaritalari ijrosi viloyat hokimligida muhokama etildi.

Joriy yilda IT (AyTi) park rezidentlari sonini 110 taga oshirish, xizmatlar hajmini 750 mlrd. so’mga hamda xizmatlar eksportini 50 mln. AQSH dollariga yetkazish belgilanganligi ma’lum qilindi.

Yanvar oyida faqatgina Samarqand shahrida 5 ta, Urgut tumanida 2 ta, Toyloq va Narpay tumanlarida 1 tadan tadbirkorlik sub’yekti rezidentlikka arizalar topshirganligi yetarli yemasligi, bu borada qolgan hududlar xulosa qilishi va choralar ko’rishi zarurligi bildirildi. Shuningdek, yangi eksportyor korxonalarni jalb qilish bo’yicha amaliy ishlar sust olib borilayotganligi tanqid qilindi.

Har oy yakunida ushbu masala viloyat rahbari boshchiligida muhokama etilishi belgilandi.


Kiritilgan vaqti: 13/02/2024 15:28.   Ko‘rilganligi: 208
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/it-ayti-sohasini-rivojlantirish-borasida-amalga-oshirilayotgan-ishlar-muhokama-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.