w w w . s a m a r k a n d . u z

Islom Karimov xotirasi yod etildi

Islom Karimov xotirasi yod etildi

Bugun – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni munosabati bilan marhum tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida qator tadbirlar o‘tkazildi.

Viloyat va shahar hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov maqbarasida marhumning ruhiga Qur’on tilovat qildilar.
Shuningdek, Samarqand shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, uning davlat mustaqilligi va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ko‘p yillik siyosiy faoliyati yodga olindi.
Xotira tadbirlarida Islom Karimovning hayoti va faoliyati, uning davlat va xalq oldidagi xizmatlari haqida fikrlar bildirildi.

Kiritilgan vaqti: 02/09/2026 17:47.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/islom-karimov-xotirasi-yod-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing