Bugun viloyat hokimligida elektr tarmoqlari korxonalari faoliyatini o‘rganayotgan ishchi guruhlarning haftalik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Viloyat hokimi, viloyat prokurori va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ raisining birinchi o‘rinbosari ishtirok etgan yig‘ilishda hududlardagi holat tanqidiy ruhda muhokama etildi.
Muhokama davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari sabab Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘ur tumanlari elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Payariq tumanlari elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari va Samarqand tumani elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar xodimi faoliyatiga viloyat prokuraturasi tomonidan huquqiy baho berilishi bildirildi.
Ishchi guruhlarning o‘rganishlari hududlarda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.