w w w . s a m a r k a n d . u z

Ishchi guruhlarning haftalik faoliyati hisobotlari tinglandi

Ishchi guruhlarning haftalik faoliyati hisobotlari tinglandi

Bugun viloyat hokimligida elektr tarmoqlari korxonalari faoliyatini o‘rganayotgan ishchi guruhlarning haftalik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Viloyat hokimi, viloyat prokurori va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ raisining birinchi o‘rinbosari ishtirok etgan yig‘ilishda hududlardagi holat tanqidiy ruhda muhokama etildi.

Muhokama davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari sabab Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘ur tumanlari elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Payariq tumanlari elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari va Samarqand tumani elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar xodimi faoliyatiga viloyat prokuraturasi tomonidan huquqiy baho berilishi bildirildi.

Ishchi guruhlarning o‘rganishlari hududlarda davom etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 03/04/2023 16:04.   Ko‘rilganligi: 346
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ishchi-guruhlarning-haftalik-faoliyati-hisobotlari-tinglandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.