w w w . s a m a r k a n d . u z

Iroq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Iroq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimi Adiz Boboyev O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Iroq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiya tarkibi Iroq Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim Madlul Uvayd Masudiy, Savdo palatasi Boshqaruv kengashi raisi Amir Xalaf Alaviy, shuningdek, Milliy investisiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Salar Muhammad Amin kabi mutasaddilardan iborat.
Uchrashuv davomida Iroq tomoni qadimiy Samarqandga katta qiziqish bildirib, uning boy tarixi va madaniy merosi haqida ko‘p o‘qiganini ta’kidlashdi. Mehmonlar asrlar davomida sivilizatsiyalar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qilgan ushbu afsonaviy shaharda bo‘lishdan mamnun ekanliklarini bildirdi.
Tomonlar sanoat ishlab chiqarishi, oziq-ovqat va farmasevtika sohalari, qishloq xo‘jaligi, energetika hamda turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Eksport salohiyatini mustahkamlash, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish va yetkazib berilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Iroq xalqlarini o‘xshash an’analar, ma’naviy qadriyatlar hamda tarixiy yaqinlik birlashtirib turishi qayd etilib, bu uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish uchun mustahkam zamin ekani ta’kidlandi.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Iroqdan 150 nafarga yaqin tadbirkor ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mehmonlar uchun viloyatning yetakchi sanoat korxonalari hamda Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari bo‘ylab sayohat ham ko‘zda tutilgan.

Kiritilgan vaqti: 15/01/2026 14:32.   Ko‘rilganligi: 557
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/iroq-respublikasi-delegatsiyasi-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing