w w w . s a m a r k a n d . u z

Indoneziya delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Indoneziya delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Indoneziya Respublikasi Xalq maslahati kengashi raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Ahmad Muzani viloyat hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi davomida bergan taklifi asosida Samarqandga kelganini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, ziyorat turizmi yo‘nalishida aloqalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar indoneziyalik ziyoratchilarning Samarqandga safarlarini, ayniqsa, Imom Buxoriy majmuasiga tashriflarini yanada samarali tashkil etish, bu borada tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvdan so‘ng Indoneziyadan kelgan diniy ulamolar bilan muloqot qilindi. Unda indoneziyalik ziyoratchilar uchun yaratilayoygan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida viloyatning diniy ulamolari bilan uchrashuv o‘tkazadilar. Shuningdek, mehmonlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan “Hotel Kampoeng Indonesia – Samarkand” mehmonxonasida bo‘ladilar.
Bundan tashqari, mehmonlar Samarqand viloyatining sanoat va investitsiya salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “SAG” zavodi, ishlab chiqarish korxonalari hamda meva-sabzavotlarni saralash va qadoqlash obyektlari faoliyati bilan ham tanishadi.

Kiritilgan vaqti: 03/07/2026 10:45.   Ko‘rilganligi: 29
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/indoneziya-delegatsiyasi-bilan-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing