w w w . s a m a r k a n d . u z

Imom Moturidiy majmuasi ilm-fan va ma’rifat markaziga aylanadi

Imom Moturidiy majmuasi ilm-fan va ma’rifat markaziga aylanadi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati bilan uchrashib, majmuani rivojlantirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi.

Muloqot davomida yangi masjidga “Hidoyat imomi” nomini berish, Chokardiza hududidan topilgan tarixiy tosh yodgorliklari asosida ochiq osmon ostidagi muzey tashkil etish, qadimiy qabristonda dafn etilgan buyuk allomalar haqida ma’lumotlar hamda Imom Moturidiy va boshqa ulug‘ mutafakkirlarning hikmatli so‘zlarini aks ettiruvchi ekspozisiyalar yaratish takliflari ilgari surildi.
Shuningdek, bu yerda barpo etilayotgan innovasion muzeyning ilmiy mazmunini boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Markaz mutaxassislari noyob qo‘lyozmalar, tarixiy va ilmiy manbalarni ekspozisiyaga kiritish, muzeyni mazmunan boyitish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Yangi tashabbuslar majmuani nafaqat ziyorat maskani, balki ilm-fan, ta’lim va ma’rifatni uyg‘unlashtirgan zamonaviy markazga aylantirishga xizmat qiladi. Bu esa Samarqandning boy ma’naviy va ilmiy merosini asrab-avaylash hamda uni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv yakunida majmuani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinib, kelgusidagi hamkorlikdagi ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 21/08/2026 21:16.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/imom-moturidiy-majmuasi-ilm-fan-va-marifat-markaziga-aylanadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing