w w w . s a m a r k a n d . u z

Imom Buxoriy xalqaro turizm festivali ishtirokchilari Samarqandda

Imom Buxoriy xalqaro turizm festivali ishtirokchilari Samarqandda

Imom Buxoriy xalqaro turizm festivali doirasida Malayziya, Indoneziya va Bangladesh Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan ziyoratchilar Samarqand shahriga yetib keldi. 

Islom ulamolari, shayxlar hamda olimlar "Toshkent–Buxoro–Samarqand" yo‘nalishi bo‘ylab sayohat qilib, Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimligi mas’ullari tomonidan kutib olindi.

Avvalroq Toshkent shahri va Buxoro viloyatida bo‘lgan festival ishtirokchilari ikki kun davomida ushbu qadimiy hududlarning boy tarixi, madaniy merosi hamda muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Xo‘ja Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Xo‘ja Ali Romitaniy, Xo‘ja Muhammad Bobo Samosiy, Xo‘ja Said Amir Kulol va Bahouddin Naqshband kabi buyuk tasavvuf ulamolari dafn etilgan ziyoratgohlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Festival dasturiga ko‘ra, bugun mehmonlar Imom Buxoriy majmuasi, va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tomosha qiladilar. Suningdek, Samarqanddagi boshqa qadamjolarni ham tomosha qiladilar.

Sayohat yakunida festival ishtirokchilari belgilangan dastur asosida «Qarshi–Termiz–Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab o‘z safarlarini davom ettiradi. Ushbu sayohat mehmonlarda O‘zbekistonning boy tarixi, muqaddas ziyoratgohlari va qadamjonlari haqida katta taassurotlar qoldiradi.


Kiritilgan vaqti: 02/05/2026 20:42.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/imom-buxoriy-xalqaro-turizm-festivali-ishtirokchilari-samarqandda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing