w w w . s a m a r k a n d . u z

Imom Buxoriy majmuasida intellektual videokuzatuv tizimi ishga tushirildi

Imom Buxoriy majmuasida intellektual videokuzatuv tizimi ishga tushirildi

Imom Buxoriy majmuasiga kelgan aholi va ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bu yerda zamonaviy intellektual videokuzatuv tizimi joriy etildi. 

Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” markazi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi hamda pudratchi tashkilotlar ishtirokida hudud to‘liq o‘rganilib, loyiha-chizmalari ishlab chiqildi va kelishildi. Majmua va uning hududiga jami 352 ta kamera o‘rnatildi.
O‘rnatilgan kameralar viloyat IIB tezkor boshqaruv markazi va “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilingan.

Ushbu chora-tadbirlar majmuada jamoat xavfsizligini mustahkamlash, tartibni ta’minlash hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay va osoyishta muhit yaratishga xizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 10/02/2026 11:41.   Ko‘rilganligi: 223
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/imom-buxoriy-majmuasida-intellektual-videokuzatuv-tizimi-ishga-tushirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing