Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni Samarqandga tashrif buyurdi.
Ezgu qadriyatlarimizga muvofiq, avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
- Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida turibmiz. Ilohim, mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin, yurtimizga ko‘z tegmasin. Xalqimizni rozi qilish bo‘yicha ishlarimizga Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin. Bu majmuani qurishdan maqsadimiz ham Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada ko‘tarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish. Bunday xayrli ishlarimiz ko‘p bo‘lsin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr etib kengaytirilgan. 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Bugungi kunda qurilish va muhandislik ishlari bitkazilib, pardozlash bosqichi boshlangan. Bunda milliy an’analar va issiq ranglarga alohida e’tibor berilgan.
Davlatimiz rahbari ushbu qurilish va pardozlash ishlari bilan tanishdi. Endi majmuada zamonaviy, xavfsiz boshqaruvni joriy etish zarurligini ta’kidladi.
- Bu majmua buyuk ma’naviy ustun bo‘lishi kerak, - dedi Prezident.
Mutasaddilarga barcha tuman va shaharlardagi tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Majmuada, shuningdek, muzey, naqshinkor ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari qurilmoqda. Davlatimiz rahbari bo‘lajak muzeyni ham ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.