
Respublika Ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlaring ijro holati hamda ijro intizomi masalalari o‘rganildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha viloyat hokimligida muhokama o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspektsiyasi vakillari tomonidan o‘rganish yakunlari to‘g‘risida qisqacha ma`lumot berib o‘tildi. Tarmoqlar hamda hududlar kesimida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ijroni ta`minlashda kechikishlarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Viloyat rahbari tomonidan mas`ullarning mas`uliyatini yanada oshirish, topshiriqlar ijrosini so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Muhokama davomida Pastdarg‘om va Urgut tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining topshiriqlar ijrosiga mas`ul bo‘lgan bir qator mutasaddilari ogohlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.