w w w . s a m a r k a n d . u z

Havo sifatini yaxshilash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Havo sifatini yaxshilash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Hududlarda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan ekologik nazorat ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Adiz Boboyev tadbir oldidan viloyat ichki ishlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, ekologiya, kommunal sohalar boshqarmalari tomonidan tuzilgan guruhlar oldidagi aniq vazifalarni belgilab berdi.
Mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan tungi reydlarda atmosferaga zararli moddalarning chiqarilishini kamaytirishga, me’yoriy talablarga javob bermaydigan holatlarga barham berishga alohida eʼtibor qaratish, bu borada tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatilishi lozimligi aytildi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan tungi ekologik reyd tadbirlari davomida Samarqand tumanidagi bir qator obyektlar ko‘zdan kechirildi. Ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanayotgan issiqxona va dekorativ g‘isht ishlab chiqaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatda murilarga maxsus filtrlar o‘rnatilishi, chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish, yoqilg‘i sarfini ekologik me’yorlarga moslashtirish masalalari yuzasidan tadbirkorlarga ko‘rsatmalar berildi.
Viloyatda ekologik nazorat tadbirlari davom etadi.

Kiritilgan vaqti: 04/12/2025 09:28.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/havo-sifatini-yaxshilash-yuzasidan-nazorat-tadbirlari-otkazilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing