


Samarqandni ziyorat qilish va Navro‘z bayrami tantanalarida qatnashish uchun qardosh Turkiya Respublikasidan bir guruh mehmonlar bugun viloyatimizga keldi.
Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida Hatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turar-joy majmuasining ochilish marosimida turkiyalik qardoshlarni, xususan, Hatay aholisi vakillarini yurtimizga sayohat va Navro‘z bayramiga taklif etgan edi.
Ana shu taklif asosida yurtimizga kelgan va dastlab Andijonda mehmon bo‘lgan Turkiyaning Hatay viloyati vakillari bugun Samarqandga keldi.

Mehmonlar Samarqand xalqaro ayeroportida xalqimiz mehmondorchilik an’analari asosida kutib olindi. So‘ngra turkiyalik qardoshlarimiz Samarqandda tashkil etilgan Navro‘z sayllarida ishtirok etdilar.

Ular kun davomida yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.