w w w . s a m a r k a n d . u z

Hatayliklar Samarqandga kelishdi

Hatayliklar Samarqandga kelishdi

Samarqandni ziyorat qilish va Navro‘z bayrami tantanalarida qatnashish uchun qardosh Turkiya Respublikasidan bir guruh mehmonlar bugun viloyatimizga keldi.

Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida Hatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turar-joy majmuasining ochilish marosimida turkiyalik qardoshlarni, xususan, Hatay aholisi vakillarini yurtimizga sayohat va Navro‘z bayramiga taklif etgan edi.
Ana shu taklif asosida yurtimizga kelgan va dastlab Andijonda mehmon bo‘lgan Turkiyaning Hatay viloyati vakillari bugun Samarqandga keldi.

Mehmonlar Samarqand xalqaro ayeroportida xalqimiz mehmondorchilik an’analari asosida kutib olindi. So‘ngra turkiyalik qardoshlarimiz Samarqandda tashkil etilgan Navro‘z sayllarida ishtirok etdilar.


Ular kun davomida yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishadi.


Kiritilgan vaqti: 21/03/2026 15:55.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/hatayliklar-samarqandga-kelishdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing