w w w . s a m a r k a n d . u z

Harbiy mamuriy sektor rahbari okrugdagi harbiy qismlarda bo‘ldi

Harbiy mamuriy sektor rahbari okrugdagi harbiy qismlarda bo‘ldi

Samarqand viloyati hokimi, harbiy mamuriy sektor rahbari Erkijon Turdimov harbiy xizmatchilarni yashash sharoitlarini o‘rganish va muammoli masalalarga ijobiy yechim toptitirish maqsadida

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism va muassalarda bo‘ldi.

Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayevning hamrohligida o‘tkan o‘rganishlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ularning xizmat faoliyatini olib borishi uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganib chiqildi.

Shuningdek, “Sazagan” dala-o‘quv maydonida yangicha usul va uslublarda jangovar mashg‘ulotlarni muntazam olib borish uchun qulay sharoitni yaratish masalalari o‘rganildi.

Bundan tashqari, Samarqand garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida kichik mutaxassialarni har tomonlama salohiyatli va yuksak bilimga ega bo‘lishi uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.


Kiritilgan vaqti: 14/09/2023 11:11.   Ko‘rilganligi: 334
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/harbiy-mamuriy-sektor-rahbari-okrugdagi-harbiy-qismlarda-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.