Samarqand viloyati hokimi, harbiy mamuriy sektor rahbari Erkijon Turdimov harbiy xizmatchilarni yashash sharoitlarini o‘rganish va muammoli masalalarga ijobiy yechim toptitirish maqsadida
Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism va muassalarda bo‘ldi.
Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayevning hamrohligida o‘tkan o‘rganishlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ularning xizmat faoliyatini olib borishi uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, “Sazagan” dala-o‘quv maydonida yangicha usul va uslublarda jangovar mashg‘ulotlarni muntazam olib borish uchun qulay sharoitni yaratish masalalari o‘rganildi.
Bundan tashqari, Samarqand garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida kichik mutaxassialarni har tomonlama salohiyatli va yuksak bilimga ega bo‘lishi uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.