w w w . s a m a r k a n d . u z

Hamkorlikning yangi istiqbollari: Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv

Hamkorlikning yangi istiqbollari: Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv

Samarqandda viloyat hokimi Adiz Boboyevning Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerlali To‘g‘janov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi bilan samarali hamkorlik qilib kelinayotganligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda hududlararo almashinuvning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Viloyat rahbari bo‘lib o‘tgan muloqot hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Xususan, tadbirkorlik kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida Samarqand va qozog‘istonlik tadbirkorlar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Viloyat hokimi bunday tashabbuslar istiqbolli yo‘nalishlarda amaliy qadamlarni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish borasida fikr almashdilar.

Kiritilgan vaqti: 28/09/2026 21:59.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/hamkorlikning-yangi-istiqbollari-qozogiston-elchisi-bilan-uchrashuv

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing