Singapur Prezidenti Halima Yaqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi.
Buyuk muhaddis haqiga Qur’on tilovat qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M. Komilov oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangidan bunyod etilayotgan mazkur majmuadagi qurilish-bunyodkorlik ishlari, mazkur ob’ektning avvalgi holati haqida ma’lumot berdi. Ziyoratchilar uchun majmua va uning atrofida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Halima Yaqub xonim Islom olamida muhaddislar sultoni deb e’tirof etiladigan Imom Buxoriy majmuasini obod qilish bilan bog‘liq ishlarga yuksak baho berdi.
G‘. Xonnazarov,
G‘. Hasanov, N. Haydarov (surat), O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.