w w w . s a m a r k a n d . u z

Halima Yaqub Islom olamining qutlug‘ ziyoratgohida

Halima Yaqub Islom olamining qutlug‘ ziyoratgohida

Singapur Prezidenti Halima Yaqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi.

Buyuk muhaddis haqiga Qur’on  tilovat qilindi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M. Komilov oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangidan bunyod etilayotgan mazkur majmuadagi qurilish-bunyodkorlik ishlari, mazkur ob’ektning avvalgi holati haqida ma’lumot berdi. Ziyoratchilar uchun majmua va uning atrofida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.  

Halima Yaqub xonim Islom olamida muhaddislar sultoni deb e’tirof etiladigan Imom Buxoriy majmuasini obod qilish bilan bog‘liq ishlarga yuksak baho berdi.

G‘. Xonnazarov,  

G‘. Hasanov, N. Haydarov (surat), O‘zA


Kiritilgan vaqti: 25/05/2023 12:37.   Ko‘rilganligi: 264
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/halima-yaqub-islom-olamining-qutlug-ziyoratgohida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.