w w w . s a m a r k a n d . u z

"GULF" kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

"GULF" kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev "GULF" kompaniyasi kengashi a’zosi Robert Veksler bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar neft mahsulotlari savdosi, zamonaviy avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek, Samarqand viloyatida istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Qayd etilishicha, "GULF" – AQSHda tashkil etilgan xalqaro neft-gaz brendi bo‘lib, hozirda asosan neft mahsulotlarini qayta ishlash va sotish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Kompaniya motor va sanoat moylari ishlab chiqarish, avtokimyo mahsulotlari yetkazib berish hamda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda "GULF" brendi ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish loyihasining borishi ham muhokama qilindi. Umumiy qiymati 250 million dollarga teng loyihaning dastlabki bosqichida 6 ta shoxobcha xususiylashtirilgan bo‘lib, ularning aksariyati Samarqandda joylashgan.
Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 32 ta shoxobchani xususiylashtirish, modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish rejalashtirilmoqda.
Tomonlar uchrashuv yakunida investitsion hamkorlikni kengaytirish va uni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Oxirgi o‘zgarish: 18/06/2026 18:40.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/gulf-kompaniyasi-bilan-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing