Viloyat hokimligida 20-29-fevral kunlari oralig‘ida sodir bo‘lgan go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi.
Hisobot davrida viloyatda jami 4 nafar go’daklar o’limi, Oqdaryo tumanida 2 nafar, Nurobod va Urgut tumanlarida 1 nafardan sodir bo’lganligi ma’lum qilindi.
Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari rahbarlari, oilaviy shifokorlar, patronaj va doya hamshiralarning holatlar bo’yicha hisoboti eshitildi.
Prokuratura organlari tomonidan tibbiyot xodimlarining qo’ygan tashxislari va go’daklar o’lim sabablari, mas’ullarning harakati yoxud harakatsizligi masalalari o’rganilayotganligi va tez kunda yakuniy xulosa e’lon qilinishi ma’lum qilindi.
Muhokama yakunida mas’ullarga xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va go’dak o’limi yuqori bo’lgan hududlar tibbiyot xodimlarini reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi bo’yicha o’qitish, tug’ruqxonalarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash bo’yicha topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.