O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15-16-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi.
Dastur doirasida O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham o‘tkazadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.