w w w . s a m a r k a n d . u z

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investisiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. 

O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar. 

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investisiyaviy kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 02/11/2023 08:45.   Ko‘rilganligi: 304
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/frantsiya-respublikasi-prezidenti-emmanuel-makron-rasmiy-tashrif-bilan-mamlakatimizga-keldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.