DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va IJQK Departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy yer savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirlardan biri davomida Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro M.S. va uning ukasi S.S.ning yer sotish bilan bog‘liq jinoyati fosh etildi. Ushbu shaxslar Samarqand shahri, “Mikrorayon” mavzesidagi dehqon bozori oldida Payariq tumani “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan “O‘rtasoy bog‘lari” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 70 sotix yer maydonini Samarqand shahar “Uvaysiy” mahallasida yashovchi fuqaro S.I.ga 4 500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv, surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli tartibda chora ko‘rish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 14
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.