w w w . s a m a r k a n d . u z

Fermer xo‘jaligi yerini pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Fermer xo‘jaligi yerini pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va IJQK Departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy yer savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbirlardan biri davomida Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro M.S. va uning ukasi S.S.ning yer sotish bilan bog‘liq jinoyati fosh etildi. Ushbu shaxslar Samarqand shahri, “Mikrorayon” mavzesidagi dehqon bozori oldida Payariq tumani “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan “O‘rtasoy bog‘lari” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 70 sotix yer maydonini Samarqand shahar “Uvaysiy” mahallasida yashovchi fuqaro S.I.ga 4 500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv, surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli tartibda chora ko‘rish rejalashtirilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 13/03/2023 18:22.   Ko‘rilganligi: 282
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/fermer-xojaligi-yerini-pullamoqchi-bolgan-shaxslar-ushlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.