w w w . s a m a r k a n d . u z

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. Bugungi kunda Samarqand viloyatida Eron Islom Respublikasi kompniyalarining kapitali ishtirokida 19 ta, shundan 4 ta qo‘shma korxona hamda 15 ta xorijiy korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Samarqand viloyati hamda Eron Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida o‘tgan 2024-yilda jami 20.6 million dollarlik mahsulotlar eksport va importi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan eksport 3.8 million AQSH dollari va import 16.8 million dollarni tashkil etgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning bugungi holati, xususan, qishloq xo‘jaligi, fan, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. Muloqotda investitsiyalarni jalb etish, innovatsiyalarni joriy etish va o‘zaro savdoni kengaytirish maqsadida Eron hududlarining tadbirkorlik subyektlari va samarqandlik ishbilarmonlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini rivojlantirishga ham to‘xtalib o‘tildi.
O‘z navbatida elchi Muhammadali Iskandariy viloyat rahbari bilan uchrashuvda muhokama etilgan masalalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Oxirgi o‘zgarish: 11/08/2025 08:24.   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/eron-islom-respublikasining-ozbekistondagi-favqulodda-va-muxtor-elchisi-bilan-uchrashuv-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing