w w w . s a m a r k a n d . u z

Elektromontyorlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘oliblari taqdirlandi

Elektromontyorlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘oliblari taqdirlandi

Samarqandda o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlarning taqsimlash tarmoqlari elektromontyorlari  o‘rtasidagi xalqaro kasb mahorati musobaqasi yakunlandi.

Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston va O‘zbekistonning tajribali elektromontyorlari ishtirok etishdi. Turkiya va Tojikiston vakillari esa musobaqada kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
Ishtirokchilar ikki kun davomida jabrlanuvchini elektr toki ta’siridan ozod qilish va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, transformator punkti va KTPs-10/0,4 kVda yong‘inni o‘chirish, ikki transformatorli TP (GKTP)ning kuch transformatori va 0,4 kV taqsimlash qurilmasini ta’mirlashga chiqarish shartlari bo‘yicha mahoratlarini namoyish qildilar.

Bugun musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra,  Musobaqa davomida sohaga doir innovatsion g‘oyalar bilan ishtirok etgani Ozarbayjon jamoasi Gran pri sovrindori bo‘ldi. O‘zbekistonlik ishtirokchilar birinchi, Qirg‘iziston va Tatariston vakillari ikkinchi, qozog‘istonlik ishtirokchilar esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 03/10/2025 21:15.   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/elektromontyorlar-ortasida-otkazilgan-xalqaro-musobaqa-goliblari-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing