w w w . s a m a r k a n d . u z

Elektr tarmoqlari korxonasining Yuridik bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Elektr tarmoqlari korxonasining Yuridik bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filialida qator masalalar muhokama etildi.

Muhokamalarda jamiyat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Alvar Gaybullayev, viloyat prokurori Jahongir Hotamov, IIB va qator korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masalalar doirasida ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Samarqand hududiy filiali Yuridik bo‘limi boshlig‘i Ikrom Samatovning so‘zlari deya joylashtirilgan, ko‘plab salbiy fikrlar va e’tirozlarga sabab bo’lgan video lavha ham muhokama etildi. Tomonlar fikrlari eshitildi. Odob-axloq me‘yorlari va funksional vazifalar doirasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Muhokama yakunida AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, yuridik bo‘lim boshlig‘i Samatov Ikrom Sanatovich jamiyatning Samarqand hududiy filiali direktori buyrug‘i bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini ma‘lum qildi. Shuningdek, muhokamada hududiy filial direktori o‘rinbosari G.Saydullayevaning huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yo‘llagan murojaati doirasida masalaga huquqiy baho berilishi bildirildi.


Kiritilgan vaqti: 03/03/2023 08:51.   Ko‘rilganligi: 394
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/elektr-tarmoqlari-korxonasining-yuridik-bolimi-boshligi-egallab-turgan-lavozimidan-ozod-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.